+7 (8352) 27-53-70
+7 (8352) 27-53-71

Ishga tushirish - sozlash ishlarini o’tkazish jarayonida "TEXPROM" MChJ mutaxassislari tomonidan quyidagi ishlar bajariladi:

  • Muhandislar brigadasi ob’yektga belgilangan muddatlarda barcha kerakli o’lchov va sinov asboblari to’plami bilan boradi.
  • Ishga tushirish - sozlash rejasini muvofiqlashtirish va bijarish, jumladan mehnatni muhofaza qilishga oid tadbirlar.
  • Tartibsozlash sinovlari rejasini muvofiqlashtirish va bajarish.
  • Bajarilgan ishlarni topshirish – qabul qilish, kerakli hamroh hujjatlarni berish.
  • Ishlab turgan jihozning ishga tushirilishi va sozlanishi haqidagi texnik hisobotni tuzish.

1. Quvur armaturasi

Quvurlarga o’rnatiladigan jihozlarning to’g’ri ishlashi va xizmat muhlati ko’pgina hollarda uning qanchalik to’g’ri o’rnatilganligiga bog’liq bo’ladi. Bunda quvur armaturasini montaj qilishning umumiy qoidalari hamda uning alohida turlari – zatvorlar, zulfinlar, jo’mraklar, klapanlar va boshqalar uchun maxsus tavsiyalar mavjuddir.

SHef-montaj – jihoz ta’minotchisi tomonidan texnik rahbarlikni tashkil etish imkonini beruvchi yagona problema yechimidir. Diler hammadan ham sifatli ishdan manfaatdor bo’ladi, shuning uchun ham ijrochilarni nazorat qilishga oid belgilangan barcha vazifalarning bajarilishiga jiddiy yondashadi.

SHef-montaj ishlarining tarkibiy elementlari

Bizning kompaniyamiz shef-montaj ishlarining to’liq majmuini taqdim etadi – tayyorlashdan tortib ishga tushirish - sozlash ishlarigacha. Vazifalar rejasi ikki ko’rsatkich – jihozlar hajmi va armatura nomenklaturasi bo’yicha aniqlanadi. “Texprom” kompaniyasi xizmatlari quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • tizimning keskin bo’limlarida muhim elementlarning bo’lmasligi xavfini istisno etish;
  • armaturani quvur va yer sathiga nisbatan to’g’ri o’rnatish;
  • quvurdagi armatura tanasida to’g’ri yo’nalishni yaratish;
  • DavST ga to’liq muvofiq keluvchi ishlarni bajarish;
  • rasmiy tavsiyalar va me’yoriy dalolatnomalarga muvofiq korroziyaga qarshi qoplamni tushirish;
  • mahkamlovchi elementlarni montaj qilishda mutlaqo germetizatsiyalanishiga erishish;
  • jihozning avariyasiz ishlash tartibini ta’minlash.

Quvur armaturasini montaj qilishga tayyorlashning umumiy qoidalari

1. Quvurni tozalash. Armaturani ulashdan oldin quvurdan begona predmetlarni olib tashlash lozim. Ushbu amaliyot maxsus moslamalar yordamida qo’laki yoki suv, bug’ yoki siqilgan havoni yetkazish yo’li bilan bajarilishi mumkin.
2. Flanetslarni tayyorlash (agar mavjud bo’lsa). Flanetslarning ularga qo’yiladigan asosiy talablarga javob berishini tekshirib ko’rish lozim: o’lchamlariga muvofiqligi, birikish yuzalarining tozaligi va ularda nuqsonlarning yo’qligi. Agar nuqsonlar aniqlansa, ularni bartaraf etish lozim.

  • agar to’pon hosil bo’lgan bo’lsa qo’shimcha ravishda tozalash va zarur hollarda korroziyaga qarshi himoyalanishini ta’minlash lozim;
  • bir-biriga ulanadigan flanetslar sathlarini montaj qilishdan oldin bir-biriga qat’iy ravishda parallel qilib, tagliklarni esa – sathlarga simmetrik ravishda joylashtirish lozim;
  • rezbali ulanish joylarini o’rnatishdan oldin moylash tavsiya qilinadi;
  • boltlar va shpilkalarni tortish ma’lum bir ketma-ketlikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bunda tavsiya qilingan pallaning 1/3 qismidan ortiq bo’lmagan zo’r beriladi.

3. Joylashtirish o’rnini tanlash. Quvur armaturasini o’rnatish uchun quvurning to’g’ri chiziqli uchastkalarini tanlash lozim. Bu ishlatishda birikmalar germetikligining kamayishiga olib keluvchi qo’shimcha yuklanishdan saqlanish imkonini beradi.
4. Qo’shimcha tirgaklarni o’rnatish (zarur hollarda). Agar o’rnatilayotgan jihozlar – armaturaning o’zi yoki unda montaj qilinayotgan uzatmalar – ancha katta vaznga ega bo’lsa, ular uchun qo’shimcha tirgaklar o’rnatiladi. Bu mahkamlash elementlari yoki tagliklar siljib ketishining oldini oladi.
5. Qoplamning saqlanganligini ta’minlash. Tayyorlov, undan so’ng esa montaj ishlarini olib borishda tananing korroziyaga qarshi qoplami va armutraning boshqa elementlari butunligini ta’minlash lozim.
Turli ko’rinishdagi quvur armaturasini montaj qilishning o’ziga xos xususiyatlari

Zulfinlar:

• bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish tanani arqon bilan o’rab bog’lash yo’li bilan amalga oshiriladi – shturval va shtokdan ushlab ko’tarish va tushirish mumkin emas;
• po’lat zulfinlarni payvandlash yordamida montaj qilish shtokni tik holatga o’rnatgndan so’ng amalga oshiriladi;
• tanani joylashtirishda oqim yo’nalishini inobatga olish lozim (ayrim turdagi zulfinlar uchun).

Diskli zatvorlar:

• ularni montaj qilish qulflovchi elementning ochiq va berk holati o’rtasidagi oraliq holatda amalga oshiriladi;
• zatvor flanetslari va quvur diametri bir xil bo’lishi lozim;
• tagliklarning shikastlanishidan saqlanish uchun rezbali birikmalarni tortishda ehtiyot bo’lish lozim.

Sharli jo’mraklar:

• jo’mrakni iskanjaga o’rnatish, qisqich, tsirkulli kalit yoki tanasini shikastlashi mumkin bo’lgan boshqa asbob bilan qisishga yo’l qo’yilmasin;
• quvurlar vazni tanaga bosim ko’rsatmasligi lozim;
• montaj qilishda katta (30 N dan ortiq) zo’r berilmasligi lozim.

Teskari klapanlar:

• klapan tanada ko’rsatilgan belgiga binoan muhit oqimi yo’nalishiga muvofiq joylashtirilishi lozim;
• me’yoriy montaj masofalariga qat’iy rioya qilinsin, pulsatsiya tartibini inobatga olish lozim.

Biz ijrochi kompaniyalarga buyurtmachilarga eng yaxshi ish natijasini taqdim etishda yordam beramiz. Bizning yordamimiz bilan siz mizojlar bilan hamkorlikning qulay sharoitlarini yaratib, o’z biznesingizning foydaliligini oshirishingiz mumkin.

«TEXPROM» kompaniyasi bilan hamkorlik qilishning afzalliklari

SHef-montaj sizga yuqori darajali kasbiy mahorat va ko’rsatilayotgan xizmatlarning benuqson sifatini qadrlovchi foydali sheriklar bilan ishonchli munosabatlar o’rnatish imkonini beradi. Biz murakkab jihozlar va muhandislik tizimlarini montaj qilish texnologiyasining barcha qoidalariga rioya qilishda ko’maklashamiz. Buning natijasida siz buyurtmachi oldida tor ixtisosli ekspert bo’lasiz, bu bilan esa yangi ob’yektlarga buyurtma olish imkoniyatlaringiz ortadi.

SHef-montaj xizmatidan foydalanib siz o’z kompnaiyangiz uchun ijobiy imidj yaratasiz va teskari aloqa sifatida referens-list olasiz. Barcha ishlar majmui bir necha kun davomida bajariladi, kichik loyihalarga esa undan ham kamroq vaqt ketadi. «TEXPROM» kompaniyasi ko’magidan foydalaning va o’z mizojlaringizga jihozlarni montaj qilishda texnologiyalarga rioya qilinishiga 100 % kafolat bering.

2. AVTOMATIKA JAVONLARI

«Texprom» MChJ ayrim turdagi ishga tushirish - sozlash ishlarini kalit ostida bajaradi:

  • 1000V gacha bo’lgan taqsimlovchi jihozlar
  • blokli ijrodagi NKU
  • boshqarish va avtomatika qalqonlari
  • operativ tok javonlari
  • uzluksiz tok manbalari
  • o’z ehtiyojlari qalqonlari
  • sinov jihozlari

O’ziga xos xususiyatlari:

  • Elektrqalqon jihozlarini loyihalashtirish, montaj qilish, ishga tushirish va sozlash sohasida juda katta tajribaga ega bo’lgan xodimlar.
  • Kasbiy asboblar va aniq o’lchov dastgohlari.
  • RF ning istalgan iqlim mintaqalarida turli ishlab chiqarishlarda ishlar olib borish tajribasi.
  • Masofadan turib jihozlarning ishlashi va ularga xizmat ko’rsatishga oid maslahatlar berish

Avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish

TEXPROM MChJ deyarli barcha sanoat sohalari uchun korxonalarda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish uchun mo’ljallangan sherik korxonalarning dasturiy-texnik majmularini taqdim etadi

Bizning mutaxassilarimiz boshqarish tizimlarini yaratishga oid barcha ishlar majmuini bajaradilar:

  • Loyiha hujjatlari ekspertizasini loyihalashtirish va hamroh qilish;
  • Avtomatlashtirish javonlarini zavod sharoitlarida yig’ish va sinovdan o’tkazish;
  • Buyurtmachi maydonchasida avtomatlashtirish tizimini montaj qilish hamda ishga tushirish va sozlash;
  • Tizimni sanoat ishlatilishiga topshirish, tizimga kafolat muddatida va kafolat muddatidan so’ng xizmat ko’rsatish;
  • Buyurtmachi xodimlariga maslahatlar berish va ularni o’qitish.

3. Jihozlarga kafolat va servis xizmatlarini ko’rsatish

Jihozlar ishlashining yuqori sifati shu jihozlarning to’g’ri qo’llanilishi va ularga to’g’ri xizmat ko’rsatilishi evaziga ta’minlanadi.

Buyurtmachi korxonalar ekspluatatsiya xizmatlariga yordam tariqasida kompaniya mutaxassislari quyidagi ishlar majmuini bajaradilar:

  • Jihozlarning butun hayot davri mobaynida ekspluatatsion va ta’mirlovchi xodimlarni o’qitish, ularga maslahatlar berish va ko’maklashish;
  • O’rnatilgan jihozlarga kafolatli xizmat ko’rsatish, ularni ta’mirlash va modernizatsiya qilish;
  • Kafolatdan muddatidan keyingi ekspluatatsiya davri davomida texnik xizmat ko’rsatish.