+7 (8352) 27-53-70
+7 (8352) 27-53-71

TEXPROM kompaniyasi Rossiyaning an’anaviy sanoat sohalari uchun jihozlar ishlab chiqaradigan SKB SPA va Spetspribor korxonalarining shonli an’analari davomchisidir.

TEXPROM MChJ ning asosiy faoliyat yo’nalishi maxsusan mas’ul va og’ir ishlatish sharoitlari uchun ishlab chiqilgan yuqori toifali quvur armaturasini yetkazib berishdir. Bu korxona mehnat ahlidan buyurtmachilar oldida alohida mas’uliyatni talab etadi. Buyurtmani komplektlashda har bir detalga – armatura-uzatma to’plamlarining ishga yaroqliligini tekshirishdan tortib jihozlarni qadoqlash va transportirovka qilish usullarigacha alohida e’tibor berish – buyurtmachilarimiz bilan barqaror munosabatlar garovidir.

Keng ko’lamda quvur armaturasi ishlab chiqarilishi korxonamizning maqsadli segmentlari – neft-gaz va energetika sohasida katta tajriba orttirganidan dalolat beradi. TETS lar, TES lar, GRES lar, kichik quvvatli qozonxonalar va Issiqlik tarmoqlari – bizning an’anaviy xaridorlarimiz. Boshqa sohalardan esa metallurgiya, og’ir mashinasozlik, tog’-kon qazish korxonalarini aytib o’tish mumkin. Ta’minot geografiyasi Rossiya Federatsiyasining deyarli barcha mintaqalarini o’z ichiga oladi. Atomli ijroda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazib berish tajribamiz qatoriga Eron, Hindiston, Xitoy, Belorussiya, Bolgariya kabi 10 dan ortiq uzoq xorij mamlakatlari kiradi. Jihozlar va ta’minotchilarga alohida talablar qo’yadigan atom sanoati korxonalariga mahsulotlar yetkazib berish tajribamiz umumsanoat ijrosida ishlab chiqarilgan jihozlarni tanlashda eng murakkab vazifalarni hal etish imkonini beradi. Shuning uchun ham ortimizdagi ishonchli ta’minotchilar, asboblar va mexanizmlarga tayanib, TEXPROM MChJ mehnat jamoasi uzatmali quvur armaturasi yordamida oqimlarni tartibga keltirish sohasidagi texnik jihatdan eng murakkab loyihalarni amalga oshirish uchun bel bog’lashga tayyor deb ayta olamiz.

Benuqson bajarilgan yetkazib berish shartlarini amaldagi va yangi kelgan xodimlar malakasining doimiy oshirilishisiz amalga oshirib bo’lmaydi, bu esa puxta o’ylab chiqilgan texnik jarayon bilan birgalikda TEXPROM MChJ ning muvaffaqiyat garovi hamdir.

Umid qilamizki, Sizning yordamingiz bilan biz Rossiyaning yetakchi korxonalarini hozirgi zamon talablariga javob beradigan eng ilg’or jihozlar va texnologiyalar bilan birgalikda ta’minlaymiz.